Germaniya Prezidenti ayollar qamoqxonasida muzey ochdi
Olam
−
12 iyul
3455Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kecha, 11 iyul kuni Saksoniyaning Stolberg shahridagi sobiq Xoxenek ayollar qamoqxonasida yodgorlik majmuasini ochdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Majmuada GDRdagi siyosiylashtirilgan jinoiy sud jarayonlari va ta’qiblar, shuningdek, sobiq mahbuslar taqdiri haqida hikoya qiluvchi doimiy ko‘rgazma mavjud.
“Siyosiy sabablarga ko‘ra, Xoxenekga jo‘natilgan minglab ayollar aybsiz edi. Ammo ular erkin va mustaqil yashashni istagani uchun qamoqqa tashlangan. GDRdagi eng yirik ayollar qamoqxonasida saqlanayotgan mahbuslarning taqdiri o‘sha paytda butun Germaniyaga namuna bo‘lishi muhim edi”, degan Shtaynmayer.
Sobiq mahbuslar Prezidentga qamoqxonadagi bo‘lib o‘tgan ishlarni, ko‘rgan azoblarini aytib berdi.
“Ularning ko‘pchiligi hali ham qamoqda o‘tkazgan vaqtlarining oqibatlari bilan kurashmoqda. Onalar va bolalarning ajralishi eng ayanchli holat bo‘lgan”, deydi Germaniya rahbari.
Shuningdek, u qamoqxonada ochlik, kasallik va ishdagi baxtsiz hodisalardan vafot etgan yoki o‘z joniga qasd qilgan ayollarni esladi. Shtaynmayer panjara ortida sodir bo‘layotgan voqealarni eslab, qamoqda “qiynoqqa solingan va xo‘rlangan ayollarni masxara qilish” deb atadi. Frank-Valter Shtaynmayer sobiq siyosiy mahbuslarga byurokratik kechikishlarsiz yordam berish uchun mamlakat rasmiylarini tezkor yechimlar topishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, Xoxenek qamoqxonasi GDRdagi eng yirik ayollar qamoqlaridan biri bo‘lgan. 1950 yildan 1989 yilgacha qamoqxonada 24 mingga yaqin mahbuslar jazo o‘tagan. Biroq ulardan 8 mingga yaqini siyosiy sabablarga ko‘ra sudlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada mahkumlar urushga ketgani uchun 2 ta qamoqxona yopilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi