Germaniya osmonida ikki samolyot to‘qnashib ketdi
Olam
−
11:56 3624 1 daqiqa
Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida ikkita kichik samolyot to‘qnashdi. Hozirda politsiya hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Bu haqda DPA xabar berdi.
Ushbu hodisa Reyn-Nekkar tumanidagi Xokkenxaym shahri ustida, taxminan 800 metr balandlikda sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, motorli planer va dvigatelli samolyot havoda to‘qnashgan. Har ikki samolyot ham yengil shikastlangan, ammo parvozni davom ettirgan.
Uchuvchilardan biri Shpayer aerodromiga yo‘l olgan bo‘lsa, ikkinchisi Xokkenxaymga qo‘ngan. Samolyotlardan birida yo‘lovchi ham bo‘lgan. U ham, ikki uchuvchi kabi sog‘-salomat ekani aytilmoqda.
Politsiya hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida odamni urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Inson tanasining bir qismi samolyot dvigateliga tushib ketgan va shundan keyin qisqa muddatli yong‘in chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.
Shabnam Radjabova
Live
Barchasi