Germaniya nihoyat Ukrainaga Taurus bermoqchimi?

Olam

image

Germaniya parlamenti deputatlari kansler Olaf Shols hukumatini Ukrainaga qo‘shimcha uzoq masofaga mo‘ljallangan qurol-yarog‘ tizimlarini jo‘natishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi. 

Qarorni 382 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 284 deputat esa unga qarshi chiqqan, yana ikki nafari betaraf qolgan.

Nemis ommaviy axborot vositalarining yozishicha, uzoq masofali qurollar so‘zi Kiyev uzoq vaqtdan beri yetkazib berishga intilayotgan Taurus raketalarini Ukrainaga topshirishni anglatadi.

Qayd etish joizki, kecha, 22 fevral kuni Bundestag deputatlari Xristian-demokratlar muxolifat blokining Taurus raketalarini yetkazib berishni boshlash to‘g‘risidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri chaqiriqni o‘z ichiga olgan rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamagan edi. 480 deputat bu hujjatga qarshi ovoz bergandi.

Germaniyaning Taurus raketalarini yetkazib berish borasidagi shubhalari ularning masofasi bilan bog‘liq. Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga yetkazib bergan Storm Shadow va Scalp raketalari eksport versiyasida 250–270 kilometr masofaga ega bo‘lsada, Taurus 500 kilometr radiusdagi nishonlarni urishga qodir.

Bu Ukraina Qurolli kuchlariga Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya Ukrainaga 200 ta tankka qarshi raketalarini yetkazib bermoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina Taurus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing