Germaniya mudofaa vaziri mamlakatni yangi urushga tayyorlanishga chaqirdi
Olam
−
30 Oktabr 2023
17875Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius armiya va jamiyatni yangi urushga tayyorlanishga chaqirdi. Yaqin Sharqdagi keskinlashuv va Rossiyaning Ukrainaga qarshi jangovar harakatlari Yevropani ham o‘z domiga tortishi mumkin. Bu haqda u ZDF telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Biz Yevropada urush xavfi bo‘lishi mumkin degan fikrga ko‘nikishimiz kerak”, degan Pistorius.
U Bundesver Germaniyani himoya qila olishi va zamonaviy qurollarga ega bo‘lishi kerakligini aytgan. Bunga erishish uchun Mudofaa vazirligi o‘z tuzilmasini qayta tashkil etgan. Shuningdek, 100 mlrd dollarlik maxsus fond ham tashkil etilgan.
Mudofaa vaziri, shuningdek Germaniya milliy xavfsizligi uchun mavjud tahdidlarga shay turishning muhimligini ta’kidlagan. Biroq, vazir ayni paytda armiya va harbiy sanoatni tezlashtirilgan sur’atlarda modernizatsiya qilishning iloji yo‘qligini aytgan.
Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning oxirigacha mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun ajratilgan umumiy mablag‘ning atigi uchdan ikki qismidan foydalanish rejalashtirilgan. Ammo, qurol ishlab chiqarish va ularni qo‘shinlarga yetkazib berish biroz vaqt talab etadi.
“Shuni tushunish kerakki, ko‘p yillar davomida hech kim Bundesverni kuchaytirmadi, 30 yil behuda o‘tdi va bu vaqtni 19 oy ichida qoplab bo‘lmaydi”, degan u.
LiveBarchasi