Germaniya Merkelning iste’fosidan so‘ng uning go‘zalligi uchun 55 ming yevro sarfladi
Olam
−
10 avgust 2023
7282Germaniya hukumati 2021 yilda lavozimidan ketganidan beri mamlakatning sobiq kansleri Angela Merkelning sochi va bo‘yanishiga deyarli 55 ming yevro ajratdi. Bu haqda “Tagesspiegel” e’lon qilgan hujjatlarda aytiladi.
Germaniyaning yuqori lavozimidan deyarli ikki yil oldin ketganiga qaramay, federal hukumat Merkelning hali ham bir nechta xarajatlarini qoplamoqda.
Aytilishicha, federal hukumat Merkelning soch va bo‘yanishi uchun ham davlat, ham xususiy tadbirlar uchun to‘laydi. Merkel 2023 yilda 17 200 yevro (taxminan 221 million so‘m) va 2022 yilda 37 780 yevro (taxminan 485 million so‘m) olgan.
Bu Berlindagi sobiq hukumat rahbarining chiroyli ko‘rinishi uchun ular oyiga taxminan 3000 yevro to‘lashlarini anglatadi. Agar stilist Merkel bilan uchrashuvlarga hamroh bo‘lsa, bu uning sayohati va mehmonxonada yashashi uchun ketadigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Soliq to‘lovchilar assotsiatsiyasi prezidenti Rayner Golsnagelning so‘zlariga ko‘ra, amaldorlarning soch turmagi va bo‘yanish xizmatlari narxining oshishi o‘tmishda ba’zi tanqidlarga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols ham omma oldida chiqishlari uchun mablag‘larni ayamaydi. Joriy yilda kansler idorasi vakillari soch turmagi va bo‘yanish uchun 21 808 yevro sarflagan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 39 910 yevroga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 2022 yilda stilist xizmatiga taxminan 136,5 ming yevro sarflagani, u stilistga kuniga 8925 yevro miqdorida pul to‘lashi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi