Germaniya Xitoyni Rossiya bilan do‘st bo‘lish oqibatlari haqida ogohlantirdi

Olam

image

Germaniya Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek Rossiya bilan do‘stlik aloqalarida bo‘lish qanday oqibatlarga olib kelishi borasida Xitoy hukumatini ogohlantirdi. Bu haqda u Xitoy rahbariyati mansabdori bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bugun, 22 iyun kuni Robert Xabek Xitoy poytaxti Pekinda XXR taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi rahbari Chjen Shansze bilan uchrashuv o‘tkazgan. Unda Xabek Yevropaning xavfsizlik manfaatlariga Ukrainadagi urush bevosita daxldor ekanini ta’kidlab, Xitoy rahbariyatining Rossiya bilan do‘st tutinishi rasmiy Pekinga qanday ta’sir qilishi haqida so‘z ochgan. 

“Agar bu urush bo‘lmaganida va Rossiya qo‘llab-quvvatlanmaganda, biz xomashyoga, texnik mahsulotlarga bog‘liqligimizni tahlil qilishda boshqacha yo‘l tutardik. Biroq, urush allaqachon bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, degan Xabek.

U shuningdek, Xitoy elektromobillari bilan bog‘liq savdo mojarosida Pekinni ushbu sohani noto‘g‘ri subsidiyalashda ayblagan va uni yuqori bojlar bilan tahdid qilgan Yevropa Ittifoqi komissiyasining xulosalarini jiddiy qabul qilishga chaqirgan.

Xitoy bunga javoban Yevropa Ittifoqidan import qilinadigan mahsulotlar, jumladan cho‘chqa go‘shti va qo‘shimcha mahsulotlarga qarshi antidemping tekshiruvini e’lon qildi. 

Uchrashuv yakunida Robert Xabek bozorlarni izolyatsiya qilishning nomaqbulligini ta’kidladi. Shuningdek, u, davlat o‘z korxonalariga ustunlik beruvchi adolatsiz raqobatga yo‘l qo‘ymasligini ham bildirgan. Xabekka ko‘ra, Germaniya ham, Xitoy ham bundan manfaatdor emas. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Xitoy G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ygani haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Xitoy Robert Xabek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made