Germaniya xavfsirab qoldi. Mamlakatda harbiy xizmat qaytadan joriy etilishi mumkin
Olam
−
17 dekabr 2023 15596 1 daqiqa
Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius mamlakatda majburiy harbiy xizmatni qayta tiklash mumkinligini taklif qilib, o‘sha paytdagi sabablarga qaramay, uning to‘xtatilishini xato deb atadi. Bu haqda u “Die Welt” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
"Men barcha variantlarni ko‘rib chiqyapman... O‘z vaqtida majburiy harbiy xizmatni to‘xtatib qo‘yish uchun sabablar bor edi. Ammo o‘tmishda bu xato bo‘lgan", deydi Pistorius.
Uning aytishicha, hozirda bir qator muammolar, jumladan, huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra majburiy harbiy xizmatni qaytarish qiyin.
Shu bilan birga, vazir hozirda Shvetsiyadagi harbiy xizmatga chaqiruv modelini ko‘rib chiqayotganini ta’kidlab, bunda erkaklar ham, ayollar ham harbiy xizmatga mas’ul hisoblanishi, biroq ularning faqat bir qismi chaqirilishini qo‘shimcha qilgan.
Ma’umot uchun, Germaniyada umumiy harbiy xizmat 2011 yil 1 iyulda bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boris Pistorius Yevropa tez orada yangi harbiy tahdidlarga duch kelishi mumkinligini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr