Germaniya kamida 100 nafar xodimini Rossiyadagi vakolatxonalaridan chetlatadi

Olam

image

Germaniya Rossiyadagi vakolatxonalarida ishlaydigan 100 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatadi. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Gap shundaki, Moskva mamlakatdagi vakolatxonalarda ishlashga ruxsat berilganlar soniga cheklov qo‘ygan. Bu esa Berlinni shunday yo‘l tutishga majbur qiladi.

“Rossiya tomonidan iyun oyi boshiga belgilab qo‘yilgan ushbu chegara Rossiyadagi ishtirokimizning barcha sohalarida katta qisqartirishni talab qiladi”, degan vazirlik vakili.

Uning aytishicha, jabrlanganlar soni kamida 100 kishi bo‘lib, ular orasida o‘qituvchilar, shuningdek, maktablar va Gyote institutining boshqa xodimlari bor. Shuningdek, u Germaniyaning diplomatik mavjudligi uchun to‘g‘ri muvozanatni saqlash zarurligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, u mazkur limitni bir tomonlama, asossiz va tushunarsiz, deb atagan. 

Ma’lumot uchun, ilgari Rossiya nefti va gazining eng yirik xaridori bo‘lgan Germaniyaning Moskva bilan aloqalari 2022 yil fevralida Ukrainada urush  boshlangani va G‘arb bunga sanksiyalar va qurol-yarog‘ yetkazib berish bilan javob berganidan keyin buzilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Germaniya missiyalarining bir guruh xodimlari Rossiyani tark etgandi. Mart oyi oxirida esa Germaniya 30 dan ortiq rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya Moskva Berlin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing