Germaniya gazni rublda sotib olmaydi – Shols
Olam
−
25 mart 2022
24406Germaniya gaz yetkazib berish bo‘yicha Rossiya bilan tuzilgan shartnomalarda to‘lov dollar yoki yevroda ko‘zda tutilgan. Shu sababli rasmiy Berlin to‘lovni rublda amalga oshirmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols kecha, 24 mart kuni Bryusselda G7 yetakchilari uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Hamma joyda qattiq shartnomalar mavjud bo‘lib, ularda to‘lov amalga oshiriladigan valyutalar shartnomaning bir qismidir. Va bu hozir amalda. U yerda asosan yevro yoki dollar bor. Biz shuni inobatga olishimiz kerak”, deydi Shols.
Kansler Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan qabul qilingan sanksiyalar puxtalik bilan tayyorlanganini, mamlakatlar qaysi sanksiyalar eng katta samara berishi mumkinligini diqqat bilan muhokama qilganini qo‘shib o‘tgan.
“Biz bu chora-tadbirlarning juda samarali ekanligini ko‘rib turibmiz va ularni chetlab o‘tishga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilib, doimiy ravishda rivojlantirib boramiz”, deb tushuntirdi Shols.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin do‘st bo‘lmagan davlatlarga gazni rublda sotish haqida qaror qabul qilgandi.
LiveBarchasi