Germaniya chempionati ham to‘xtatildi

Sport

image

Koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalayotgani sabab Germaniya futbol ligasi rahbariyati chempionatni to‘xtatishga qaror qildi. Joriy yilning 16 mart kuni Bundesliga rahbarlari ushbu holat yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi va musobaqani qachondan davom ettirishni kelishib oladi. Xabarlarga qaraganda, koronavirus sabab Bundesliga 2 aprelga qadar to‘xtatilgan. 

Bundan avval, Bundesliga 26-turning barcha uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tkazilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin, vaziyat jiddiy tus olgani sababli, chempionat 26-tur o‘chrashuvlari o‘tkazilmasdan to‘xtatildi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab aprel oyiga qadar to‘xtatildi. 

Hozirga qadar 139 650 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5120 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 70 733 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" klubi futbolchisi Daniyele Ruganida, "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta va "Lester" klubining uch nafar futbolchisida koronavirus alomatlari aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Koronavirus Bundesliga

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing