Germaniya Belarus muxolifatiga 21 million yevro ajratdi
Olam
−
06 fevral 2021
5764Germaniya Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash dasturi uchun taxminan 21 million yevro ajratdi. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas “Belarus bilan birdamlik” onlayn-konferensiyasida aytib o‘tgan.
Avvalroq, Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniya Federativ Respublikasi rasmiylari Belarus muxolifatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha harakatlar rejasini qabul qilganini ta’kidlagan edi. Merkelga ko‘ra, ushbu reja boshpana va stipendiya berish, mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq.
“Ishonch hosil qiling, Germaniya va Yevropa Ittifoqi siz tomonda. Biz Lukashenko va uning rejimiga qarshi sanksiyalar joriy qildik. Shu bilan birgalikda, 21 million yevroni o‘zi ichiga olgan “Belarus fuqarolik jamiyati” harakatlar rejasini ishlab chiqdik”, deydi Germaniya Tashqi ishlar vaziri.
Vazir Xayko Maasga ko‘ra, Germaniya Hukumati Belarusda bo‘lgan namoyishlarda qatnashgani uchun maktab va universitetlardan haydalgan talabalarga stipendiyalar ajratgan.
“Mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz qiynoq qurbonlariga aylanganga psixologik jarohatdan davolanishi uchun yordam ko‘rsatamiz va ta’qib qilinayotgan belaruslarga Germaniyada boshpana beramiz”, deydi Germaniya Tashqi ishlar vaziri.
Shuningdek, vazir inson huquqlarini buzganlarga qarshi dalillar to‘plashning mexanizmi ishlab chiqilishini aytgan.
“Ular javob beradigan kun keladi. Belarus xalqi demokratiya, erkinlik va qonun ustuvorligi sharoitida yashashga qodir bo‘lgan kun keladi”, deya qo‘shimcha qildi Germaniya TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2020 yilning 9 avgust kuni Belarusda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida Aleksandr Lukashenko oltinchi marotaba g‘alaba qozonganidan so‘ng, mamlakatda ommaviy namoyishlar boshlandi. So‘ngra xavfsizlik kuchlari tomonidan namoyishlar bostirildi. Shunday bo‘lsada, har yakshanba kunlari mamlakat poytaxti Minsk ko‘chalari bo‘ylab ommaviy yurishlar davom etmoqda. Ularda hatto nafaqadagi qariyalar ham ishtirok etdi.
Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya esa Belarus Prezidenti saylovida g‘olib chiqqanini ta’kidlab kelmoqda. U ayni damda Latviyada bo‘lib turibdi. Lekin Belarusga qaytishni rejalashtirmoqda.