“Georgian Airways” Gruziya Prezidentini aviakompaniya xizmatidan foydalanishini taqiqladi
Olam
−
21 may 2023
9911Gruziyaning “Georgian Airways” milliy aviakompaniyasi Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvilini kompaniyaga boykot e’lon qilgani va uning xizmatlaridan bosh tortgani uchun o‘z samolyotlari bortiga kiritmasligini e’lon qildi. Bu haqda “Georgian Airways” asoschisi Tamaz Gaiashvili tarqatgan bayonotida aytiladi.
"Salome xonim milliy aviakompaniyaga boykot e’lon qildi. Biz uni gruzin xalqidan kechirim so‘ramaguncha persona non grata deb e’lon qilamiz, uni bortga kiritmaymiz", deydi Gaiashvili bayonotida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zurabishvili hech qachon milliy aviakompaniyani qo‘llab-quvvatlamagan.
“Ikki yil oldin Air France samolyotini dabdaba bilan uchratgan, keyin u bilan Parijga uchun uchib ketgan odam bilan nimani gaplashish kerak? Uning hech qachon Gruziya aviakompaniyasiga yordam berish istagi bo‘lmagan”, deydi Zurabishvili.
Gaiashvili mamlakat Prezidenti sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin Gruziyani tark etib, Parijga ko‘chib o‘tgan muhojirlarning avlodi ekanini eslatib o‘tgan.
Shuningdek, kompaniya asoschisi uni respublika Prezidenti deb hisoblamasligini ham ta’kidlagan.
Zurabishvili Gruziya havo yo‘llari aviakompaniyasi Tbilisidan Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshlagani uchun unga boykot e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni kechqurun Rossiya va Gruziya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanishiga qarshi bo‘lganlar Tbilisidagi parlament binosi oldiga yig‘ilgandi. Aksiyada mingga yaqin odam qatnashib, Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni zudlik bilan taqiqlashni talab qilgan.
Oldinroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yana bir farmoni bilan 2019 yildan beri amalda bo‘lgan Rossiya aviakompaniyalarining parvozlariga va Gruziyaga tur paketlar sotishga belgilangan taqiqni bekor qilgandi.
LiveBarchasi