Gentra bilan 2 yoshli bolani bosib ketgan ayolga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida ko‘chada o‘ynab o‘tirgan 2 yoshli bolani Gentra bosib ketgani xabar qilingan edi. Bolani bosib ketgan ushbu avtomobil haydovchisiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Gentra haydovchisi bo‘lgan 55 yoshli ayol sudda o‘sha paytda yosh bolaning ovozini eshitmaganini, hatto uni bosib ketganini bilmaganini aytgan.

“Bilganimda, darhol to‘xtagan bo‘lar edim. Umuman bilganim yo‘q. Yig‘lagan ekan, uni ham bilmadim. Kamera yozuvida ko‘rdim”, deydi u.

Sudda bolaning otasi ham ko‘rsatma bergan. Uning aytishicha, bola onasi bilan buvisinikiga borgan bo‘lgan. Ushbu voqeadan so‘ng bolaning ruhiyatida o‘zgarish kuzatilgan. Uni bosib ketgan ayol esa voqeadan 3 oy o‘tgan bo‘lsa ham, biror marta uning ahvoli bilan qiziqmagan.

“Ko‘chadan uyga kirmayman, deydigan bola hozir uydan ko‘chaga chiqqisi kelmayapti. Oradan 3 oy o‘tdi, biror marta hol-ahvol so‘ramadi”, deydi bolaning otasi.

Shuningdek, otaning bildirishicha, bolasi oyoqqa turgan bo‘lsada, hali to‘liq o‘zini tiklab olmagan. Kelajakda ham shifokorlar ko‘rigida bo‘lishi kerak.

Sud hukmi bilan ayol Jinoyat kodeksining 117-moddasi (Xavf ostida qoldirish) 1-qismi hamda 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismidagi jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sudlanuvchiga tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yo‘li bilan 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, uydan chiqishni butunlay cheklashdan iborat 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ayol bolaning otasiga 2 mln 350 ming so‘m moddiy va 25 mln so‘m miqdorda ma’naviy zarar to‘lab berishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida Isuzu ckuter yo‘lovchisini bosib ketgan edi. YTH oqibatida ckuter yo‘lovchisi 2006 yilda tug‘ilgan M.S. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Marg'ilon Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing