Genotsid boshlanganiga 1 yil to‘ldi. G‘azo endi xotiralar shahriga aylandi (fotoreportaj)

Olam

image

O‘tgan yilning xuddi shu kuni, 7 oktyabr erta tongda HAMAS Isroilga havodan va quruqlikdan hujum uyushtirgandi va bunga javoban Isroil G‘azo sektoriga urush ochgandi. Urush ortidan G‘azo sektorining katta qismi vayron bo‘ldi. 

2024 yilning 23 sentyabr holatiga ko‘ra, shu paytgacha 43 000 dan ortiq odam, shulardan 41 431 nafari falastinlik va 1706  nafari isroillik halok bo‘lgan.

Isroilning hujumlari nafaqat G‘azoda, balki Livanda ham ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi. Mamlakat hukumatiga ko‘ra, Isroil armiyasining 2023 yil 8 oktyabrdan beri Livanga uyushtirgan hujumlarida 2011 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 9535 kishi tan jarohati olgan. Livan Bosh vaziri Najib Mikati milliondan ortiq odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganini ta’kidlagan.

Halok bo‘lganlar orasida nafaqat tinch aholi balki, 116 nafar jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham bo‘lgan. Shunga qaramasdan fotograflar qanchalik og‘ir bo‘lsa-da, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, urush o‘chog‘idan qaynoq fotosuratlarni butun dunyo bilan bo‘lishmoqda.

Xususan, falastinlik fotograf Samar Abu Eluf urushning dastlabki oylarida olgan fotosuratlariga izoh berib: “Jasadlarni suratga olish menga eng og‘ir”, degandi u CNN nashriga bergan intervyusida.

“Bular go‘sht, qon va suyak qoplari emas, balki insonlardir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib bobo-buvilargacha. Bular yashashni orzu qilgan va urushdan omon qolishlariga umid qilgan odamlardir”, deydi so‘zini davom ettirib u.

 QALAMPIR.UZ urushning qayg‘uli va dahshatli oqibatlari tasvirlangan fotosuratlarni e’tiboringizga havola etadi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo Genotsid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing