General-mayor Dmitriy Pan hibslandi...mi?
Jamiyat
−
22 noyabr 2019
14373Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev va Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Valerevich Pan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ’ga yetib kelgan ma’lumotlarga qarganda, general-mayor Dmitriy Valerevich Pan hibsga olingan. Panning ortidan boshqa bir necha mulozimlar ham egallab turgan vazifasidan ozod etilgan. Ishdan bo‘shatilgan xodimlarga nisbatan hozircha qamoqqa olish ehtiyor chorasi qo‘llanilmagan.
Dmitriy Valerevich Pan lavozimidan ozod etilishiga va hibslanishiga manzil koloniyalar va qamoqxonalarda ro‘y berayotgan tartibsizlar va Ichki ishlar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi hozircha iste’folar va Panning hibslanishi yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.
LiveBarchasi