Rasman: General-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi
Jamiyat
−
23 noyabr 2019
20376Avvalroq, QALAMPIR.UZ o‘z manbalariga tayanib IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Pan hibsga olinganini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi sobiq qo‘mondonga nisbatan ochilgan jinoiy ish yuzasidan ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan joriy yilning 19 noyabr kuni IIV Qorovul qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni general-mayor Dmitriy Panga nisbatan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 23 noyabr kuni Dmitriy Pan Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, Toshkent harbiy sudining ajrimiga asosan ehtiyot chorasi sifatida “qamoqqa olish” qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi