G‘azoning deyarli 90 foiz aholisi ko‘chirilgan – BMT

Olam

image

2023 yil oktyabr oyida Isroilning mintaqada harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri G‘azo sektori aholisining deyarli 90 foizi ko‘chirilgan. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga tayanib, Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chirilgan g‘azoliklar hududning o‘ndan bir qismiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, G‘azo sog‘liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tajovuzi boshlangandan buyon 133 mingdan ortiq falastinlik zarar ko‘rgan, jumladan, o‘lganlar va yaralanganlarning aksariyati bolalar va ayollar. 

Bundan tashqari, Falastin anklavini qamrab olgan keng ko‘lamli vayronagarchilik va jiddiy ocharchilik fonida 10 000 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, G‘azodagi urush davrida 115 chaqaloq halok bo‘lgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing