G‘azoga halok bo‘lgan falastinliklar soni qariyb 21 mingga yetdi
Olam
−
27 dekabr 2023
2701G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi, 7 oktyabrdan beri davom etayotgan janglar oqibatida halok bo‘lgan falastinlik sonining so‘nggi 24 soat ichida 241 nafarga ortib 20 ming 915 nafarga yetganini bildirdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi voizi Ashraf al-Qudra yozma bayonotida G‘azodagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi Isroil qo‘shinlari so‘nggi 24 soat ichida yana 241 nafar falastinlikni o‘ldirgan va 382 nafar falastinlikni yaralagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinlik sonining 20 ming 915 nafarga, yaralanganlar sonining esa 54 ming 918 nafarga yetganini qayd etilgan.
Qudra, Isroilning G‘azo janubidagi Xon Yunus shahridagi Nosir shifoxonasi atrofidagi hududga zarba berganini ta’kidlab, shifoxonaning Isroil tomonidan vayron qilingan va ishlamay qolgan shimoliy hududlardagi boshqa shifoxonalar kabi yaroqsiz ahvolga duchor bo‘lishidan xavotir bildirgan.
Qudra xalqaro tashkilotlarga murojaat qilar ekan, Nosir shifoxonasi, uning tibbiyot xodimlari, kasal va yaradorlar, shuningdek, ko‘chirilgan minglab odamlarni himoya qilishga chaqirdi.
Shuningdek, G‘azodagi janglarning 81-kunida matbuot kotibi xalqaro tashkilotlarni Shifa shifoxonasini qayta ochish uchun zudlik bilan yoqilg‘i va tibbiy buyumlar yetkazib berishni ta’minlashga chaqirdi.
Qudraning aytishicha, Isroil G‘azo shimolidagi shifoxonalarni ataylab nishonga olib, 800 ming falastinlikni tibbiy xizmatlardan mahrum qilgan. Yaradorlar, kasallar, homilador ayollar va chaqaloqlar o‘lim xavfi ostida, degan u bayonotida.
Bildirilishicha, 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasi 310 tibbiyot xodimi, 35 fuqaro mudofaasi xodimi va 97 jurnalistni o‘ldirgan, 99 tibbiyot xodimi va 8 jurnalist hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni G‘azoda qurbon bo‘lganlar soni 20 mingdan oshgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi