G‘azodagi voqealarni urush deb bo‘lmaydi – Venesuela birinchi xonimi
Olam
−
16 noyabr 2023
9086G‘azoda bo‘layotgan voqealarni urush, deb bo‘lmaydi. Chunki, tomonlar bir-biriga urush e’lon qilmagan, bir-biri bilan urushayotgan armiyasi ham yo‘q. Bu haqda Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning rafiqasi Siliya Flores kecha, 15 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an tomonidan Istanbulda tashkil etilgan “Falastin uchun yagona yurak” birinchi xonimlar sammitiga yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi.
U birinchi xonimlarga murojaat qilarkan, ular ayollar sifatida barcha zo‘ravonlik harakatlariga, ayniqsa, G‘azo va butun Falastin xalqiga qarshi davom etayotgan genotsidga qarshilik ko‘rsatish harakatlariga boshchilik qilishlari kerakligini urg‘uladi.
“Bo‘layotgan voqealarni urush deb atay olmaymiz, chunki ochiqchasiga kurashayotgan ikkita qo‘shin yo‘q yoki tomonlar bir-biriga qarshi urush e’lon qilmagan. Qamal ostidagi shaharning Isroil tomonidan havodan va quruqlikdan bombardimon qilinayotganini ko‘ryapmiz. Biz qurolli askarlar, zirhli tanklar va eng yomoni, yadroviy hujumlar tahdidlarini eshityapmiz. Boshqa tomondan, G‘azoda qurbonlarni ko‘ryapmiz. Biz bolalar, ayollar, qariyalar va tinch aholining o‘limini ko‘ryapmiz. Biz tinch aholi qurbonlari vayron bo‘lgan uylaridan chiqayotganini ko‘ryapmiz, lekin ular ochiq qamoqxonada bo‘lgani uchun shaharni tark eta olmaydilar”, deydi Venesuela birinchi xonimi.
Bu “insoniylikdan tashqari” harakatlarning Falastin xalqining dahshatli halokatini ifodalaganini ifoda etgan Flores, dunyo bir genotsidga guvoh bo‘layotganini urg‘uladi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda bo‘lib o‘tgan sammitda Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning onasi Shayxa Moza bint Nosir, Senegal Prezidenti Maki Saning rafiqasi Mariyeme Faye Sall, Malayziya qirolichasi Tunku Aziza Aminah Maymunah Iskandariya, O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva, Kongo Respublikasi Prezidentining rafiqasi Antuanetta Sassu-Ngesso, Bangladesh Prezidentining rafiqasi Rebeka Sultona, Bosniya i Gersegovina Prezidentlik kengashining xorvat a’zosi Jelko Komshichning rafiqasi Sabina Komshich, Livan Bosh vazirining rafiqasi May Mikati, Shotlandiya mintaqaviy bosh vaziri Hamza Yusufning rafiqasi Nadiya Al-Nakla, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybening rafiqasi Omina Ali Muhammad Al-Shavush Al-Dilaviy, Falastin maxsus vakili Ferial Kamel Abdalrahmon Salim, Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid an-Nahyonning rafiqasi Shayxa Alyazia bint Saif Al Nahayon, Misr rejalashtirish va iqtisodiy rivojlanish vaziri Hala Alsaid va turkmanistonlik diplomat Chinor Rustamova ishtirok etdi.
LiveBarchasi