G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar javobgarlikka tortiladi – Erdo‘g‘an
Olam
−
11 iyul
3759G‘azodagi vahshiylik uchun aybdorlar, xuddi Srebrenitsadagi singari, sudga tortiladi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bosniya va Gersegovinaning Srebrenitsa shahrida sodir etilgan genotsidning 29 yilligi munosabati bilan yo‘llagan videomurojaatida so‘z ochdi.
Turkiya rahbari Srebrenitsadagi genotsid insoniyat tarixida qora dog‘ bo‘lib qolganini ta’kidlab, qurbonlarning oila a’zolari va butun Bosniya xalqiga hamdardlik bildirdi.
Erdo‘g‘an o‘z hayotini Bosniya va Gersegovina ozodligiga bag‘ishlagan davlat arbobi Aliya Izetbegovichning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: “Nima qilsangiz ham, genotsidni unutmang. Chunki unutilgan genotsid yana takrorlanmoqda”
“Bugun G‘azo sektori va bosib olingan hududlardagi Falastin xalqi 29 yil avval Srebrenitsada sodir bo‘lgan vahshiyliklarga duchor bo‘lmoqda”, deydi Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, xalqaro institut va tashkilotlar bundan 29 yil avval bo‘lgani kabi 40 mingga yaqin begunoh inson, jumladan, 16 ming bola o‘ldirilganini shunchaki kuzatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 10 iyul kuni Erdo‘g‘an Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashib, G‘azodagi vaziyatni muhokama qilgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi