G‘azodagi urush uchun Isroil ko‘p tovon to‘layapti – Netanyaxu
Olam
−
25 dekabr 2023
10085Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azodagi urush mamlakati uchun juda qimmatga tushayotganini tan oldi. Bu haqda "Euronews" xabar berdi.
Bosh vazir Isroilning yo‘qotishlari haqida to‘xtalar ekan, G‘azodagi operatsiyalar boshlangan 27 oktyabrdan beri 153 askari o‘ldirilganini ma’lum qildi. So‘nggi raqamlar ham hududda SAXAL kutilganidan ko‘proq qurbon berishga majbur bo‘layotganidan dalolat beradi.
Jumladan, uning aytishicha, 22 dekabr juma kunidan beri o‘ndan ortiq askar halok bo‘lgan va quruqlikdagi hujumlarning umumiy soni 154 taga yetgan.
Ayniqsa, 23 dekabr Isroil armiyasi uchun yo‘qotishlar kuni bo‘lib urush tarixiga kirgan. Ammo Isroil Bosh vaziri bundan boshqa yo‘l yo‘qligiga ishora qilgan.
"Urushning uzoq davom etishi oldindan ma’lum edi", deya qo‘shimcha qilgan u.
Netanyaxu G‘azoda halok bo‘lganlarning oilasiga hamdardlik bildirar ekan, Isroil armiyasining oxirigacha to‘liq kuch bilan davom etishiga hamda garovga olinganlarning xavfsiz uyiga qaytishiga va’da bergan.
U AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali suhbatida ham "Isroil barcha maqsadlariga erishgunicha urushni davom ettirishi"ni ta’kidladi. Bundan tashqari, oxirgi 24 soat ichida SAXAL HAMASning 200 ta nishoniga zarba bergani va garovdagilar masalasida bosh qotirayotganini bildirgan.
LiveBarchasi