G‘azodagi urush davrida 115 chaqaloq halok bo‘ldi

Olam

image

HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan beri G‘azo sektorida 115 chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning Falastin hududlaridagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘lganlarning barchasi sakkiz oylikdan kichik bo‘lgan. 

“Ularning 48 nafarining (42%) yoshi o‘lim vaqtida bir oylik ham bo‘lmagan”, deyiladi hujjatda.

Avvalroq anklav hudud Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, shaxsi aniqlangan va hujjatlashtirilgan 32,3 ming halok bo‘lganlar orasida 10,6 ming nafar bolalar borligi, jumladan, ularning 663 nafari bir yoshgacha bo‘gani xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azo shimolidan Dayr al-Balohga ko‘chirilgan falastinlik Muhammad Abu Al-Qumsan to‘rt kunlik egizaklari uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishga chiqqanida uning uyi Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan bombalangani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing