G‘azodagi shifoxonada bemorlar ochlikdan o‘lish xavfi ostida

Olam

image

G‘azoning shimoliy hududidagi Bayt-Laxiyadagi Indoneziya shifoxonasida yotgan o‘nlab yarador bemorlarga oziq-ovqat va suv yetishmasligi sababli o‘lim tahdid solmoqda. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 60 dan ortiq bemor ayni vaziyatda aziyat chekmoqda.

“Shifoxonadagi insonparvarlik holati nihoyatda xavfli darajaga yetgan. Xodimlar yaradorlarning hatto asosiy ehtiyojlarini qondira olmayapti, bu esa sharoitni og‘irlashtirmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, so‘nggi bir sutka ichida izchil harbiy harakatlar oqibatida 28 kishi halok bo‘lgani va 54 kishi jarohat olgani qayd etilgan. 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab Isroilning harbiy amaliyotlari oqibatida o‘lim holatlari soni esa 44 786 kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Falastinga hujumlari oqibatida kamida 353 futbolchi, jumladan 91 bola halok bo‘lgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ochlik G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing