G‘azodagi qurbonlar soni 29 mingdan oshdi

Olam

image

2023 yil oktyabr oyida boshlangan xunrezliklar ortidan G‘azoda kamida 29 300 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Yaradorlar soni 69 333 nafarga yetgan.

Qayd etilishicha, so‘nggi 24 soat ichida 118 kishi halok bo‘lgan, yana 163 kishi jarohatlangan. Isroil harbiylari vayronalar ostida qolgan jabrlanganlarga shifokorlar va qutqaruvchilar yetib borishiga ruxsat bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, UNICEF hisobotida G‘azo shimolidagi 2 yoshgacha bo‘lgan har oltinchi bola to‘yib ovqatlanmayotgani haqida ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing