G‘azodagi Al-Quds shifoxonasi yopilishi mumkin

Olam

image

Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati G‘azo sektori shimolidagi Al-Quds shifoxonasi yaqin uch soat ichida o‘z ishini to‘xtatishi mumkinligini, chunki uning elektr generatorlarida yoqilg‘i tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilotning X'dagi sahifasida xabar berildi.

"Al-Quds shifoxonasi yaqin uch soat ichida yoqilg‘i yetishmasligi va yordam kelmasligi sababli yopilishi mumkin. 500 bemor va yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatiladi, ammo reanimatsiya bo‘limidagilar va inkubatorlardagi chaqaloqlar vafot etadi", deyiladi Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati bayonotida.

Bildirilishicha, G‘azo sektori shimolidagi Al-Quds shifoxonasiga olib boruvchi barcha yo‘llar Isroilning bombardimonlari tufayli to‘sib qo‘yilgan, shu sababli tibbiyot muassasasi xodimlari yaradorlarni davolash uchun o‘z hududini tark eta olmayapti. 

O‘z navbatida, Isroil harbiylari shifoxonaga tutash binoda joylashgan HAMAS kuchlariga zarba berganini da’vo qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan havo va quruqlikdagi hujumlar ortidan G‘azo sektoridagi 18 ta shifoxona faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil G'azo Al-Quds

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing