G‘azoda yana ikki OAV xodimi halok bo‘ldi
Olam
−
01 avgust
3428“Al Jazeera” telekanali muxbiri Ismoil va operator Rami G‘azo sektoridagi Ash-Shati qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektori g‘arbida joylashgan Ash-Shati qochqinlar lageridagi mashinaga qilgan hujumi oqibatida jurnalist va operator halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Ismoil va Rami media jileti kiygan va ularning mashinasida ham OAV belgisi bo‘lgan. Ular oxirgi marta hujumdan 15 daqiqa avval yangiliklar bo‘limi bilan bog‘langan.
Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari oqibatida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 165 taga yetdi. Xalqaro hamjamiyat va tashkilotlardan Isroilning jinoyatlarini xalqaro sudlarda tergov qilinishi va jurnalistlarga qarshi hujumlarni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 iyul kuni Isroil askarlari Turkiya jurnalistlariga hujum qilib, ularni kaltaklagandi.
LiveBarchasi