G‘azoda yana bir OAV xodimi halok bo‘ldi
Olam
−
15 Oktabr
1709Yana bir falastinlik ommaviy axborot vositasi xodimi Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari qurboni bo‘ldi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.
Qayd etilishicha, Isroil askarlarining eksklavga navbatdagi hujumi chog‘ida Aksa telekanali operatori Ayman Muhammad Ruveyshid halok bo‘ldi. Shu tariqa, 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni 177 nafarga yetdi.
G‘azo hukumati xalqaro hamjamiyatni Falastinlik jurnalistlarning o‘ldirilishini to‘xtatish uchun Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishga va Isroilni sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro sudlar oldida javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishga chaqirdi.
“Isroil G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi ishonchli ma’lumotni jahon hamjamiyatidan yashirish maqsadida jurnalistlarni ataylab o‘ldiradi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham “Al Jazeera” telekanali muxbiri Ismoil va operator Rami G‘azo sektoridagi Ash-Shati qochqinlar lagerida Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi