G‘azoda WCK’ning yana bir xodimi halok bo‘ldi

Olam

image

World Central Kitchen xalqaro gumanitar tashkiloti xodimi G‘azo sektorining markaziy qismi Dayr al-Bala shahri yaqinida halok bo‘ldi. Bu haqda tashkilot X tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Falastinlik hamkasblarimizdan biri Dayr al-Bala yaqinida vafot etdi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Qayd etilishicha, tashkilot holat tafsilotlarini o‘rganib chiqib, voqea sodir bo‘lgan vaqtda marhum xizmatda bo‘lmaganligini aytmoqda.

Ma’lumot uchun, 2 aprel kuni turli tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni bepul ovqat bilan ta’minlovchi World Central Kitchen tashkiloti xodimlari G‘azo sektori markazidagi Dayr al-Balahdan janubda bo‘lganlarida Isroil ularning avtomobillariga raketa bilan zarba bergan. O‘shanda WCK’ning yetti nafar xodimi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 13 may kuni G‘azo sektorida avtomobilga berilgan zarba oqibatida BMT Qo‘riqlash va xavfsizlik departamentining bir xodimi halok bo‘lib, ikkinchisi yaralangandi.

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing