G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yakunlanishiga oz qoldi – Blinken 

Olam

image

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va hali ham ba’zi muammolarni hal qilish kerak. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtondagi 2024 Aspen xavfsizlik forumida ma’lum qildi. 

“Muzokaralar yakuniy bosqichga yetdi. Lekin biz bilamizki, oxirgi bosqich eng qiyini bo‘ladi”, deydi Blinken.

U o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni yakunlash istagida ekanligini, biroq shunchaki kelishuvga erishishning o‘zi yetarli bo‘lmasligini ta’kidladi. Blinkenning aytishicha, kelishuvga erishilgach, “ertangi kun” uchun reja ishlab chiqilishi kerak.

Davlat kotibi kelishuvdan keyin "vakuum" bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi:

“HAMASning qaytishi yoki Isroilning G‘azoni bosib olish muddatini uzaytirish (garchi ular buni uzaytirishni xohlamasliklarini aytishsa ham) yoki qonunsizlik qabul qilinishi mumkin emas”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ikki davlatli yechimning yagona variant ekanini tilga olgan Blinken Eron va HAMASni bunga qattiq qarshilik ko‘rsatayotganlikda aybladi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil va HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari bo‘yicha kelishib olganini aytgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vashington G'azo Entoni Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing