G‘azoda UNICEF avtomobillari o‘qqa tutildi

Olam

image

G‘azoda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar Jamg‘armasining (UNICEF) ikkita mashinasiga o‘q uzildi, ammo hech kim jabrlanmadi. UNICEF’ning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktori Adel Xodr o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘qqa tutilgan avtomobillar suratlarini e’lon qildi.

Xodr G‘azo vodiysida 5 bolani olib ketayotgan UNICEF’ga tegishli ikki avtomobilga hujum qilinganini aytdi. Hujum oqibatida UNICEF vositalariga bir nechta o‘q tegdi, ammo Xodr hujumda hech kim jabrlanmaganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, hujumga uchragan mashinalarda UNICEF’ga tegishli ekanligini ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lgan.

Bu so‘nggi 3 oy ichida G‘azoda UNICEF avtomobillariga qilingan ikkinchi hujumdir.

“Biz gumanitar xodimlar xalqaro gumanitar huquq bilan himoyalanganligini va ularga hujum qilinmasligi kerakligini qat’iy tasdiqlaymiz. G‘azodagi odamlar va bolalar umidvor bo‘lgan hayotni saqlab qolish uchun bizning operatsiyalarimiz osonlashtirilishi va himoya qilinishi kerak”, deydi Adel Xodr.

UNICEF vakili hujumni kim amalga oshirgani haqida ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi Bosh komissari Filipp Lazzarini 21 iyul kuni Isroil askarlari G‘azo vodiysida BMT karvoniga qarata o‘t ochgani va hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing