G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni e’lon qilindi
Olam
−
25 yanvar
49922023 yil 7 oktyabrda boshlangan urushda jami 119 nafar jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin hukumati yozma bayonotida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushida 69 jurnalist, 20 yillik Vetnam urushida 63 jurnalist va 3 yillik Koreya urushida 17 jurnalist halok bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, jurnalistlarga qilinayotan hujum va qotilliklar asosan, tarixni o‘chirish, faktlarni yashirish, mintaqa va xalqaro hamjamiyatga xabar va ma’lumotlar yetib borishiga to‘sqinlik qilish maqsadida atayin amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni Yaqin Sharqda o‘ldirilgan jurnalistlar soni rekord darajaga yetgan edi va bu ko‘rsatkich yana yangilandi.
LiveBarchasi