G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar 73 nafarga yetdi

Olam

image

Kecha 1 dekabrda Isroil havo hujumi natijasida blokadadagi G‘azo sektorida yana 3 nafar jurnalist, shuningdek, "Anadolu" agentligining operatori Muntazir al-Savvaf ham halok bo‘ldi. Bu haqda agentlik xabar berdi. 

Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limiga ko‘ra, 7 oktyabrdan beri  o‘ldirilgan jurnalistlar soni umumiy hisobda 73 nafarga yetdi. 

Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ba’zilari bevosita Isroilning raketa hujumlari oqibatida, ba’zilari esa havo hujumlari paytida vayronalar ostida qolib, butun oilasi bilan birga halok bo‘lgan.

Bildirilishicha, Isroil urush maydonidan ma’lumot uzatayotgan matbuot xodimlarini ta’qib qilishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 noyabrda Isroil G‘azoda qatliomni boshlagandan beri halok bo‘lgan jurnalistlar soni 60 nafarga yetgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin G'azo jurnalistlar operator

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing