G‘azoda otashkesim kelishuvi kuchga kirdi – SAXAL

Olam

image
O‘zbekiston HAMAS va Isroil kelishuviga Tramp bosh bo‘lganini olqishladi north_east

O‘zbekiston HAMAS va Isroil kelishuviga Tramp bosh bo‘lganini olqishladi

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da kuchga kirdi. Bu haqda Isroil armiyasi (SAXAL) xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:00 dan boshlab SAXAL qo‘shinlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv va garovga olinganlarni qaytarish uchun tayyorgarlik sifatida yangilangan joylashuv chizig‘i bo‘ylab o‘z pozitsiyalarini egallay boshlagan.

“Janubiy qo‘mondonlik tarkibidagi armiya qo‘shinlari hududda joylashgan va har qanday bevosita tahdidni bartaraf etishda davom etadi”, deyiladi SAXAL bayonotida.

Qayd etish joiz, 9 oktyabr dunyodagi millionlab odamlar uchun yaxshi xabar bilan boshlandi – Isroil va HAMAS harakati vakillari ikki yil deganda muqim kelishuvga erishdi. Bu yangilikni dunyoga birinchilardan bo‘lib AQSH Prezidenti Donald Tramp e’lon qildi. 

Bitim Tramp ma’muriyati taklif qilgan 20 bandlik rejaning birinchi bosqichi hisoblanadi. U o‘t ochishni to‘xtatish, garovdagilar va asirlarni almashish, Isroil qo‘shinlarini G‘azodagi “sariq chiziq” deb ataluvchi hududgacha olib chiqishni o‘z ichiga oladi. 

Kelishuv tafsilotlariga ko‘ra, garovga olingan tirik odamlarni topshirish jarayoni Isroil hukumati tomonidan bitim ma’qullangandan 72 soat o‘tib boshlanadi. Hozirda HAMAS qo‘lida bo‘lgan 48 kishidan taxminan 20 nafari tirik ekani aytilmoqda. Shuningdek, Isroil armiyasi G‘azodan qo‘shinlarini qisman olib chiqishning birinchi bosqichini bitim imzolanganidan 24 soat o‘tib yakunlashi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS harakatining muzokara guruhi vakili Halil al-Hayya ham G‘azo sektoridagi urush o‘z nihoyasiga yetdi va mintaqada tinchlik bitimi kuchga kirganini ma’lum qilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

G'azo TsAXAL otashkesim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing