G‘azoda qurbonlar soni 10 mingdan oshdi
Olam
−
06 noyabr 2023 4453 1 daqiqa
Joriy yilning 7 oktyabr kuni Yaqin Sharqdagi navbatdagi eskalatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 10 ming 22 nafarga yetdi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al jazeera” xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida kamida 4104 nafar bola bor.
“Anklavning vayron bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimi [harbiy harakatlar] qurbonlari hamda turli kasalliklardan aziyat chekayotgan odamlarga yordam ko‘rsatish va hayotini saqlab qolish uchun mutlaqo qobiliyatsiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, anklavdagi vazirlik G‘azoga dori-darmon va yoqilg‘i olib kirish hamda yaradorlarni olib ketish uchun zudlik bilan gumanitar yo‘lak yaratishga chaqirgan.
Live
Barchasi