G‘azoda qurbon bo‘lganlar 8,5 mingdan oshdi

Olam

image

G‘azo sektorida Yaqin Sharqdagi mojaroning avj olishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 8525 nafarga yetdi. Bu haqda anklav Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Jazeera” telekanali xabar berdi.

"G‘azoda qurbonlar soni 8525 nafarga yetdi, ulardan 3542 nafari bolalar va 2187 nafari ayollar",  deydi vazirlik vakili. 

Unga ko‘ra, bugun, 31 oktyabr kuni ertalab Isroil kuchlari G‘azodagi turk shifoxonasiga yana hujum qilgan. Biroq u ehtimoliy qurbonlar va moddiy zarar haqida ma’lumot bermagan. Anklav Sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ertaga, 1 noyabrdan G‘azo shahri markaziy shifoxonasida elektr generatorlari yoqilg‘i yetishmasligi tufayli ishlamay qolishi mumkin.

“Biz Misrni Rafah o‘tish joyini ochishga, tibbiy yordam va yoqilg‘i yetkazib berishni, shuningdek, yaradorlarni olib chiqishni ta’minlashga chaqiramiz”, degan G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili. 

Shuningdek, u anklav aholisini shifoxonalarda qon topshirishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing