G‘azoda Isroil mudofaa kuchlarining polkovnigi o‘ldirildi
Olam
−
14 dekabr 2023
10228Isroil mudofaa kuchlarining yana ikki askari G‘azo sektoridagi quruqlikdagi amaliyotda halok bo‘ldi. Bu haqda Isroil OAVlariga tayanib, "Trend.az" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri "Golani" brigadasi shtab boshlig‘i, 44 yoshli polkovnik Ishak Ben-Basat bo‘lgan. Qayd etilishicha, u ayni paytgacha G‘azo sektorida halok bo‘lgan sionistlar armiyasining to‘rtinchi polkovnigi hisoblanadi.
Halok bo‘lgan yana bir askar "Golani" brigadasining 51-batalonida HAMASga qarshi urishayotgan 19 yoshli serjanti Oren Alonidir. Nashrning yozishicha, bu bilan 7 oktyabrdan beri halok bo‘lgan Isroil askarlari soni 444 kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Bosh vaziri Netanyaxu xalqaro bosimga qaramay, G‘azo sektorida HAMASga qarshi urushni g‘alabaga qadar davom ettirishini aytgandi.
LiveBarchasi