G‘azoda Isroil hujumidan halok bo‘lganlar soni 50 mingdan oshdi
Olam
−
23 mart
15892023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 021 kishiga yetdi. Bu haqda eksklav Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, oxirgi 24 soat ichida 41 qurbon va 61 yaradorning jasadi shifoxonalarga yetkazilgan. Ulardan 39 nafari yangi havo hujumlari qurboni bo‘lgan, yana ikki kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan.
Jabrlanganlarning umumiy soni 113 274 nafardan oshdi.
Isroil G‘azoga yirik zarbalarni qayta boshlagan 18 martdan buyon 673 kishi halok bo‘ldi, 1233 kishi yaralandi.
LiveBarchasi