G‘azoda bolalarga qarshi urush ketmoqda – UNICEF vakili
Olam
−
22 mart
3839Blokadagi G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealar bolalarga qarshi urushdir. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) matbuot kotibi Jeyms Elder “Anadolu” muxbiri bilan suhbatda so‘z ochdi.
Jeyms Elder G‘azo janubidagi Rafah shahrida faoliyat olib borgan. UNICEF vakili 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumlardan keyin G‘azo sektoriga ikkinchi marta tashrif buyurganini ta’kidlagan.
“Bu yerda juda chuqur umidsizlik bor. Odamlar juda charchagan, ularning ko‘plari ochlikdan o‘lmoqda. Rafahga harbiy hujum qilish (quruqlik hujumi) haqidagi aqldan ozgan g‘oya haqiqatga aylanishi mumkinligidan qo‘rqish hali ham bor", deydi Elder.
Shuningdek, UNICEF matbuot kotibi G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahridagi Nosir shifoxonasiga tashrifi va uning ayanchli ahvoli haqida gapirdi.
“Asosan jarohatlangan bolalarga xizmat ko‘rsatgan juda muhim Nosir shifoxonasi endi xizmat ko‘rsata olmaydi. Men ikki xil shifoxonaga tashrif buyurdim, ularning ikkalasi ham gavjum”, deydi UNICEF vakili.
Elderning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona xodimlari doimiy ravishda dori-darmonlar tanqisligini qayd etishadi va UNICEF katta miqdordagi tibbiy buyumlarni yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi.
“Bundan ancha katta hajmdagi yordam, xususan, eksklav shimoliga yetkazilishini ta’minlash zarur. G‘azo sektoridagi 36 shifoxonaning 20 dan ortig‘i xizmat ko‘rsata olmayapti. G‘azoda bolalar eng ko‘p azob chekishdi. UNICEF bu yerda sodir bo‘layotgan voqealarni “bolalarga qarshi urush” deb ataydi. Odatda, bu kabi barcha inqirozlarda urushlar aholining eng zaif qatlamlari – bolalarga zarar etkazadi. Yo‘qolgan bolalar taxminan 20 foizni tashkil qiladi, ammo G‘azo sektorida bu ko‘rsatkich 40 foizga yaqin. 10 mingdan ortiq bola halok bo‘ldi va bu raqam o‘sishda davom etmoqda. Vayronalar ostida yana qancha odam qolganini bilmaymiz. Bu bolalar uchun mutlaqo halokatli holat. Ko‘p bolalar ochlikni boshdan kechirmoqda; oziq-ovqat tanqisligi vaqt masalasidir", deydi Elder.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasining G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etgan zarbalari oqibatida falastinlik 14 ming bola va 9220 nafar ayol halok bo‘lgani ochiqlangandi.
LiveBarchasi