G‘azoda bolalar maktabga borishdan qo‘rqadi – UNICEF

Olam

image

2023 yil 7 oktyabrda Isroil tomonidan blokadadagi G‘azo sektoriga yirik hujumlar boshlanganidan beri bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bolalar maktabga borishdan qo‘rqmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) Falastindagi vakili Jonatan Kriks bosh ofisi Qatarda joylashgan “Al Jazeera” telekanaliga ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoga hujumlar boshlanganidan beri isroillik harbiylar Iordaniyaning G‘arbiy sohilida ko‘proq reyd va hujumlar uyushtira boshlagan, 2023 yil 7 oktyabrdan beri bosib olingan hududda 99 nafar bola halok bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, 7 oktyabrdan beri G‘arbiy Sohilda Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan bolalar soni 2022 yilda xuddi shu mintaqada o‘ldirilgan bolalar sonidan ikki baravar ko‘pdir. 

UNICEF vakili bosib olingan G‘arbiy Sohilda ta’lim tizimidagi vaziyatni “juda xavotirli” deb atagan. 

“Bolalarning maktabga borishi uchun haqiqatan ham zarur bo‘lgan narsa uzoq muddatli sulhdir”, deydi u. 

Bundan tashqari, Kriks Isroil xavfsizlik kuchlarining harakatlari oqibatida ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohilda 600 nafar bola yaralanganini qo‘shimcha qilgan.

“Ayniqsa, Jenin va Nablusda ko‘plab bolalar maktabga borishdan qo‘rqishadi”, deydi BMT Bolalar jamg‘armasi vakili. 

Aytilishicha, G‘azo sektorida 625 mingga yaqin o‘quvchining ta’limi to‘xtatilgan, 300 dan ortiq maktab binosi shikastlangan yoki ichki ko‘chirilganlar tomonidan boshpana sifatida foydalanilgan. 

2023 yil 7 oktyabrda G‘azoga hujumlar boshlanganidan buyon Isroil tomonidan bosib olingan Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda ham hibsga olishlar, reydlar va falastinliklarga qarshi hujumlar soni ortgan.


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing