G‘azoda BMT agentligining 88 nafar xodimi halok bo‘ldi

Olam

image

7 oktyabrdan beri o‘nlab yordam xodimlari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi xodimlari bo‘lgan 88 kishi halok bo‘ldi. Bu tashkilotning bitta mojaroda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bu haqda BMTning idoralararo doimiy qo‘mitasi xabar berdi. 

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Isroilda 1400 ga yaqin odam halok bo‘lgan, minglab odamlar yaralangan. 200 dan ortiq odam, jumladan, bolalar garovga olingan.

Raketalar tinch aholini nishonga olishda davom etmoqda. O‘n minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Shuningdek, 2,2 million falastinlik oziq-ovqat, suv, dori-darmon, elektr energiyasi va yoqilg‘idan mahrum.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, sektorda halok bo‘lganlar soni 10 ming 22 nafarga yetgan.

“Biz tomonlardan xalqaro insonparvarlik va inson huquqlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini hurmat qilishlarini iltimos qilamiz. Biz garovga olingan barcha tinch aholini zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishga chaqiramiz. Fuqarolar va ular tayanadigan infratuzilma, jumladan, shifoxonalar, boshpana va maktablar himoyalanishi kerak. Ko‘proq yordam – oziq-ovqat, suv, dori-darmon va albatta, yoqilg‘i – G‘azoga xavfsiz, tez va kerakli miqyosda kirib borishi hamda muhtoj odamlarga, ayniqsa ayollar va bolalarga qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, yetib borishi kerak”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7 noyabr kuni Isroil-Falastin mojarosi boshlanganiga bir oy to‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing