G‘azoda bir kunda yana to‘rt kishi ochlikdan halok bo‘ldi
Olam
−
14 avgust 1893 2 daqiqa
So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida yana to‘rt falastinlik ochlikdan halok bo‘ldi. Shu tariqa qurbonlar soni 239 nafarga yetdi. Bu haqda G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh direktori Munir al-Bursh X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Burshning qayd etishicha, falastinliklar Isroil blokadasi va G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlar oqibatida yuzaga kelgan ocharchilikdan qurbon bo‘lishda davom etmoqda.
“G‘azo sektorida ochlikdan o‘lganlar soni 239 kishiga yetdi, ulardan 106 nafari bolalar”, deydi u.
Isroil hujumlari va insonparvarlik yordamiga kirishni cheklovchi qattiq blokada sharoitida G‘azo sektori keng tarqalgan ochlik hamda suv, dori-darmon, tibbiy buyumlar va gigiyena vositalari taqchilligi bilan tavsiflangan gumanitar falokatni boshdan kechirmoqda. G‘azo sektorida ochlikdan o‘lim holatlari, asosan, bolalar o‘rtasida ko‘paymoqda.
Mintaqaviy va xalqaro manbalar Isroil “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida” foydalanayotganini aytadi.
Asosiy ehtiyojlardan mahrum bo‘lgan falastinliklar gigiyena vositalari va hojatxonalar etishmayotgan, yuqumli kasalliklar avj olgan vayrona chodirlarda yoki gavjum maktablarda omon qolishga harakat qilmoqda. Muhojirlar boshpana olayotgan chodirlar va tinch aholi turarjoylari Isroil armiyasi tomonidan har kuni hujumga uchramoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq G‘azo sektorida oziq-ovqat yuklarini olib ketayotgan gumanitar yuk mashinasining ag‘darilib ketishi oqibatida 20 falastinlik halok bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr