G‘azoda halok bo‘lganlar soni 17 mingdan oshdi
Olam
−
08 dekabr 2023
3603G‘azo sektorida Isroilning hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 17 177 kishiga yetdi. Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Al Hadath” telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, 46 mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida 350 kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Isroilning HAMAS bilan urushi 7 oktyabrdan beri davom etmoqda. 22 noyabr kuni tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldilar va bu kelishuv bir necha bor uzaytirildi. 1 dekabr kuni Isroil armiyasi G‘azoda operatsiyani qayta boshladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 dekabr kuni Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi Isroil harbiylari G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyaning uchinchi bosqichini boshlaganini va anklav janubidagi Xon Yunus shaharchasini o‘rab olganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi