G‘azoda halok bo‘lganlar qariyb 18 mingga yetdi
Olam
−
12 dekabr 2023 3947 1 daqiqa
G‘azodagi qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan falastinliklar soni qariyb 18 mingga yetdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘zlovchisi Ashraf al-Qudraning ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida anklavda halok bo‘lganlar soni 297 nafarni tashkil etgan, yaralanganlar esa 550 nafardan oshgan.
“Anklavga gumanitar yordam yetkazish deyarli imkonsiz”, deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.
U har doimgidek BMT Xavfsizlik kengashini G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishishga chaqirgan ammo bu foyda bermayapti.
Ma’lumot uchun, bir kun avval mazkur qaror loyihasi bo‘yicha ovozga qo‘yilgan. AQSH yana hujjatni blokladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025