G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi.

Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi sohalardagi sa’y-harakatlarini davom ettirishini aytdi.

Shuningdek, Bayden xalqaro masalalar, ayniqsa Ukraina va G‘azo sektori bo‘layotgan urushlarni to‘xtatishga harakat qilishini aytdi.

"Men G‘azodagi urushni tugatish, barcha asirlarning uylariga qaytishini ta’minlash va Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlashda davom etaman", deya qo‘shimcha qildi Jo Bayden.

Bayden Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va NATO ittifoqini mustahkam ushlab, Rossiyaga qarshi kuchli va chidamli bo‘lishlarini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Ukraina Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing