G‘azo shimolida faqat bitta shifoxona ishlayapti – BMT
Olam
−
14 noyabr 2023
1981G‘azo sektori shimolida "Al-Ahli" shifoxonasidan tashqari barcha tibbiyot muassasalari yoqilg‘i va tibbiy buyumlar taqchilligi tufayli ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) xabar berdi.
“13 noyabr holatiga ko‘ra, G‘azo shahri va G‘azo shimolidagi bir shifoxonadan tashqari barcha tibbiyot muassasalari elektr quvvati, tibbiy jihozlar, kislorod, oziq-ovqat va suv yetishmasligi sababli ishlamay qolgan, ularning atrofi bombardimon qilinishi va janglar oqibatida vaziyat yanada og‘irlashgan”, deyiladi OCHA bayonotida.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo shahridagi "Al-Ahli" shifoxonasi "bemorlarni qabul qila oladigan yagona tibbiy muassasa" bo‘lib qolmoqda. Bu yerga allaqachon 500 dan ortiq kishi joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘azo sektoridagi 36 shifoxonadan 20 tasi ishlamay qolganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi