G‘azo shimolida 2 yoshgacha bo‘lgan har oltinchi bola to‘yib ovqatlanmaydi – UNICEF
Olam
−
20 fevral
1990G‘azo sektori shimolidagi 2 yoshgacha bo‘lgan har olti boladan biri ocharchilikka duch kelmoqda. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hisobotiga tayanib, "Anadolu" agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu eksklav shimolidagi bolalarning 15,6 foiziga to‘g‘ri keladi. Ularning 3 foizi butunlay holdan toyganligi sababli shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj.
“G‘azo janubidagi Rafah shahrida o‘tkazilgan xuddi shunday tadqiqot, u yerdagi 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 5 foizi og‘ir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotganini ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.
Hisobotda, tezkorlik bilan mintaqaga gumanitar yordam yo‘lini ta’minlash, shuningdek, Rafahga keyingi hujumlarning oldini olish zarurligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlarida 90 kun davomida 9 ming 730 bola va 6 ming 830 ayol hayotdan ko‘z yumgan. G‘azoda 70 foizi ayollar va bolalar bo‘lgan 7000 kishi vayronalar ostida yoki bedarak yo‘qolgan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi