G‘azoga ocharchilik yaqinlashmoqda (fotoreportaj)
Olam
−
25 iyul 4610 1 daqiqa
Oziq-ovqat bozorlari bo‘sh. Chiqindilari to‘planib bormoqda. Kasallik tarqalmoqda. G‘azodagi odamlar “ochlik va suvsizlanishdan ko‘chalarga yiqilishmoqda”.
Bu 23 iyul kuni 100 dan ortiq xalqaro gumanitar tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda Isroilni blokadani to‘xtatishga, G‘azoga oziq-ovqat, toza suv va tibbiy vositalarning to‘liq oqimini tiklashga va o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga chaqirgan keskin ogohlantirishdir.

“Doimiy yordam oqimisiz har kuni ko‘proq odamlar oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan o‘lishlarini anglatadi. Bolalar hech qachon kelmaydigan va’dalarni kutib, och qolishadi”, deyiladi “Chegara bilmas shifokorlar”, Save the Childeren, Norvegiya qochqinlar kengashi va boshqa o‘nlab nodavlat tashkilotlar tomonidan imzolangan bayonotda.

Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yil oktyabr oyida boshlangan mojarodan beri ko‘plab odamlar, ularning aksariyati bolalar, to‘yib ovqatlanmaslikdan vafot etgan.


Isroil qamaldagi Falastin hududiga ko‘p miqdorda yordam ko‘rsatishga ruxsat berayotganini aytdi, biroq yordam agentliklari va ko‘plab G‘arb davlatlari Isroilning qattiq nazorati ostidagi G‘azo aholisiga yetib kelayotgan oziq-ovqat miqdori zarur bo‘lganidan ozroq ekanini aytishmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi ocharchilik yaqinlashayotgani va G‘azodagi 70 ming bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik uchun shoshilinch davolanishga muhtojligidan ogohlantirdi.










Live
Barchasi