G‘azo sektoridagi “Al-Amal” shifoxonasi o‘qqa tutildi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus shahrida joylashgan shifoxona va uning atrofidagi turar-joy binolarini kuchli o‘qqa tutdi. Bu haqda Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Isroil tomonidan Xon Yunusning o‘qqa tutilishi oqibatida "Al-Amal” tibbiyot markazi binosi va shifoxona atrofidagi hududga jiddiy zarar yetkazildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Falastin anklavining markaziy qismida joylashgan “Al-Mag‘ozi” qochqinlar lageri ham artilleriyadan o‘qqa tutilgani xabar qilingan. Qayd etilishicha, Isroil armiyasining zarbasi oqibatida kamida bir falastinlik yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevralga o‘tar kechasi Isroil qurolli kuchlari Rafahga yirik zarbalar bergandi. Portlashlar oqibatida 100 kishi halok bo‘lgan, 230 dan ortiq kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Xon-Yunus Al-Amal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing