G‘azo sektorida HAMASga qarshi shiddatli janglar bosqichi yakunlanmoqda – Netanyaxu
Olam
−
24 iyun
4549G‘azo sektorida Isroil va HAMAS harakati orasidagi faol kurash bosqichi tez orada tugaydi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
“HAMASga qarshi kurashning intensiv bosqichi yakunlanmoqda. Bu urush tugaydi degani emas, balki faol urush Rafahda tugaydi”, deydi u 14-kanal jurnalistlariga.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Isroil o‘z harbiylarining bir qismini shimolga – “Hizbulloh” harakati bilan zarbalar almashinadigan Livan bilan chegaraga “mudofaa maqsadida” o‘tkazadi.
“Agar shimoldagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuv bo‘lsa, u janubdagi kabi faqat bizning shartlarimiz bo‘yicha bo‘ladi”, deydi Netanyaxu.
U garovga olinganlarni almashish uchun G‘azodagi jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini, biroq HAMAS yo‘q qilinmaguncha urush to‘xtamasligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi urush 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etmoqda.
LiveBarchasi