G‘azo sektorida halok bo‘lganlar 4,1 mingdan oshdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etayotgan zarbalari oqibatida kamida 4137 kishi halok bo‘ldi, ulardan 1524 nafari bolalar va 1000 nafari ayollar. Bu haqda bugun, 20 oktyabr kuni jurnalistlarga G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Qudra ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Falastin anklavining 13 mingga yaqin aholisi jarohatlangan, 1000 dan ortiq odam uylar va ob’ektlar vayronalari ostida qolgan.

Shuningdek, Ashraf al-Qudra, G‘azodagi yunon pravoslav masjidiga tunda hujum uyushtirgani qurbonlari soni 16 nafarga yetganini ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning o‘qqa tutishi tufayli G‘azodagi yettita shifoxona butunlay o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
Isroil tomonidan esa 1,5 mingga yaqin odam mojaro qurboni bo‘lgan, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20 oktyabr kuni Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoridagi yunon pravoslav cherkoviga hujum qilgandi. Ko‘pchilik cherkov vayronalari ostida qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing